Yangiliklar

Bo'limdagi Yangilik nomi: Yulduzli MAY ...
     
Главная » 2016 » Май » 4 » Yulduzli MAY ...
15:00
Yulduzli MAY ...

May oyida o’zbek shou biznesida o’zining minglab muxlislariga ega uch san’atkor konsert dasturlari bilan barchamizni xushnud qiladi. Mayning ilk haftasi ya’ni 1-7-may kunlari xonanda Shahzoda “Istiqlol” san’at saroyida mikrafonni hech kimga bermasdan faqat o’zi kuylashga qaror qilgan. May oyining 7 kunida Shahzodaning konsert berishi odat tusiga aylanishiga ulgurdi desak mubolag’a bo’lmas. Shohruxxon ham may oyida o’zining uch kunlik konsert dasturi bilan “Istiqlol” san’at saroyida mezbonlik qiladi. O’tgan yili shou biznesda hammadan ham ko’proq mehnat qilgan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon ham axiri konsert berishga qaror qildi. Uning konsert dasturi ham aynan may oyida. Uch san’atkor ham o’z ustida tinimsiz ishlaydigan, mehnat qiladigan san’atkorlar. Konsert biletlari ham shunga yarasha, nomga yarasha qimmat bo’lishi tayin. Ammo nima bo’lganda ham bu san’atkorlarning konsert dasturlari kirishga, e’tirof qilishga, vaqt va mablag’ sarflashga arziydi.

maqola muallifi: Feruz Muhammad

 

 

Просмотров: 621 | Добавил: admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]