Yangiliklar

Bo'limdagi Yangilik nomi: Xonanda Yulduz Nizomovaning “Gulim” taronasini eshitdingizmi?
     
Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Xonanda Yulduz Nizomovaning “Gulim” taronasini eshitdingizmi?
10:28
Xonanda Yulduz Nizomovaning “Gulim” taronasini eshitdingizmi?

“Nihol” davlat mukofoti sohibasi, xonanda Yulduz Nizomova “Gulim” deb nomlangan raqsbop taronaga klip suratga oldirdi. 
Qo’shiq so’zi O’tkir Nurullayevga, musiqasi Abzal Husanovga tegishli bo'lgan mazkur video ketma-ketlik trek yo’nalishda suratga olingan.
Ushbu klip  klipmeykr Nozim Tolipov  tomonidan bir kun mobaynida tasvirga olingan bo’lib, ayni kunlarda tele ekranlarda namoyish qilinmoqda. 
Xonandaning matbuot kotibi bergan ma’lumotlarga qaraganda  Yulduz Nizomova  bugungi kunda tarbiyaviy ahamiyatga ega qo’shiqlar bilan band. Xususan yaqin kunlarda “Otajon” deb nomlangan yangi ijodiy asarni yozib tugatgan. 
Yulduz Nizomovaning “Gulim” taronasini eshitdingizmi? Agar eshitgan bo’lsangiz yaxshi, eshitmagan bo’lsangiz, qo’shiq va klipni eshitib, tomosha qilishni jiddiy maslahat beramiz!
Bundan keyin xonanda Yulduz Nizomovada ijodiy va ijobiy yangiliklar juda ham ko’p bo’ladi.

Просмотров: 1341 | Добавил: admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]