Yangiliklar

Bo'limdagi Yangilik nomi: “Ishq” filmining taqdimotiga start berildi.
     
Главная » 2016 » Октябрь » 25 » “Ishq” filmining taqdimotiga start berildi.
09:54
“Ishq” filmining taqdimotiga start berildi.

Alisher Navoiy nomli kino saroyida Fayzirahmon Usmonovning rejissorlikdagi ilk ishi bo’lgan “Ishq” deb nomlangan filmining taqdimoti bo’lib o’tadi. 
Fim taqdimoti 1-noyabr kuni bo’lib o’tishi rejalashtirilgan bo’lib, filmni 2-noyabrdan boshlab yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin. Filmda bosh rollarni Ta’lat Yo’ldoshev, Jamila G’ofurova, Komol Bobonazarov ijro qilishgan.  Ssenariy muallifi Ahror Nurmuhammad, postanovkachi operator Nusrat Husanov, kartina direktori Iftihor Mahmudov.
Filmning suratga olish ishlari o’tgan yili yanvar oyida boshlangan bo’lib, deyarli bir yil vaqt mobaynida katta ekran yuzini ko’rmoqda. 
Filmda Shahriyor repning “Sevgi nima” deb nomlangan taronasidan soundtrek sifatida foydalanilgan.
Ishq, chin muhabbat, sadoqat, aldov va xiyonat tuyg’ularidan so’zlaydigan film namoyishiga barchangizni taklif qilib qolamiz.

Просмотров: 663 | Добавил: admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]