Yangiliklar

Bo'limdagi Yangilik nomi: 1-2-dekabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida Qilichbek Madaliyev kuylaydi
     
Главная » 2016 » Октябрь » 25 » 1-2-dekabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida Qilichbek Madaliyev kuylaydi
09:47
1-2-dekabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida Qilichbek Madaliyev kuylaydi

Xonanda Qilichbek Madaliyev dekabr oyining ilk kunlarida “Istiqlol” san’at saroyida o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim qiladi.
Konsert dasturini taqdim qilish borasida katta tanaffus tufayli xonandada xit qo’shiqlar jamlanmasi va turli tuman ajoyib g’oyalar shakllanganligi aniq. Dastur nomi ham o’ziga xos bo’lib “Oshiqligimni ayting” deb nomlanadi.
Dastur kunlari nisbatan kech e’lon qilingan bo’lsada, dasturga tayyorgarlik ishlari yoz oylaridan boshlangan. Har bir qo’shiqqa alohida yondoshilib, alohida raqslar tayyorlangan.
Xonanda umuman kutilmagan yo’nalishda, umuman kutilmagan estrada xonandasi bilan duet qo’shiq tayyorlagani haqida ma’lumotlar bor. Ammo hozircha mazkur xonandaning kimligi barcha OAVlariga sir tutilmoqda.
“Dasturingizda qiziqchi va kulgu jamoalari ham bo’ladimi?” degan savolimizga, “Qiziqchi va kulgu jamoalarisiz ham dasturni ko’ngildagidan ham ortiq o’tkazsa bo’ladi, yana bilmadim, hozicha bu haqida o’ylab ko’rmadim”,- deya javob berdi xonanda.
1/2-dekabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida xonanda Qilichbek Madaliyevning uzoq kutilgan konsert dasturi bo’lib o’tadi. Konsertda muxlislarga “Mo’jiza media” konsert dasturlarini tashkillashtiruvchi kompaniya xizmat ko’rsatadi.

Просмотров: 424 | Добавил: admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]