Yangiliklar

Bo'limdagi Yangiliklar:
     
Главная » Yangiliklar

Alisher Navoiy nomli kino saroyida Fayzirahmon Usmonovning rejissorlikdagi ilk ishi bo’lgan “Ishq” deb nomlangan filmining taqdimoti bo’lib o’tadi. 
Fim taqdimoti 1-noyabr kuni bo’lib o’tishi rejalashtirilgan bo’lib, filmni 2-noyabrdan boshlab yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin. Filmda bosh rollarni Ta’lat Yo’ldoshev, Jamila G’ofurova, Komol Bobonazarov ijro qilishgan.  Ssenariy muallifi Ahror Nurmuhammad, postanovkachi operator Nusrat Husanov, kartina direktori Iftihor Mahmudov.
Filmning suratga olish ishlari o’tgan yili yanvar oyida boshlangan bo’lib, deyarli bir yil vaqt mobaynida katta ekran yuzini ko’rmoqda. 
Filmda Shahriyor repning “Sevgi nima” deb nomlangan taronasidan soundtrek sifatida foydalanilgan.
Ishq, chin muhabbat, sadoqat, aldov va xiyonat tuyg’ularidan so’zlaydigan film namoyishiga barchangizni taklif qilib qolamiz.

Просмотров: 464 | Добавил: admin | Дата: 25.10.2016

Xonanda Qilichbek Madaliyev dekabr oyining ilk kunlarida “Istiqlol” san’at saroyida o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim qiladi.
Konsert dasturini taqdim qilish borasida katta tanaffus tufayli xonandada xit qo’shiqlar jamlanmasi va turli tuman ajoyib g’oyalar shakllanganligi aniq. Dastur nomi ham o’ziga xos bo’lib “Oshiqligimni ayting” deb nomlanadi.
Dastur kunlari nisbatan kech e’lon qilingan bo’lsada, dasturga tayyorgarlik ishlari yoz oylaridan boshlangan. Har bir qo’shiqqa alohida yondoshilib, alohida raqslar tayyorlangan.
Xonanda umuman kutilmagan yo’nalishda, umuman kutilmagan estrada xonandasi bilan duet qo’shiq tayyorlagani haqida ma’lumotlar bor. Ammo hozircha mazkur xonandaning kimligi barcha OAVlariga sir tutilmoqda.
“Dasturingizda qiziqchi va kulgu jamoalari ham bo’ladimi?” degan savolimizga, “Qiziqchi va kulgu jamoalarisiz ham dasturni ko’ngildagidan ham ortiq o’tkazsa bo’ladi, yana bilmadim, hozicha bu haqida o’ylab ko’rmadim”,- deya javob berdi xonanda.
1/2-dekabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida xonanda Qilichbek Madaliyevning uzoq kutilgan konsert dasturi bo’lib o’tadi. Konsertda muxlislarga “Mo’jiza media” konsert dasturlarini tashkillashtiruvchi kompaniya xizmat ko’rsatadi.

Просмотров: 424 | Добавил: admin | Дата: 25.10.2016

Comedy.uz jamoasining asoschisi, rahbari Abror Baxtiyorovich 12-noyabr kuni, saot 19 00 da “Zarafshon” konsert zalida o’zining ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim qiladi. Umuman kutilmagan, o’zgacha hazillar va sahna ko’rinishini taqdim qilishni niyat qilgan Comedy.uz rahbari mazkur konsert dasturiga ancha vaqtlardan buyon tayyorgarlik ko’rayotganini ma’lum qildi.
Uning bisotida kamida 5-6 ta konsert dasturiga yetadigan hazillar va sahna ko’rinishlarining g’oyasi mavjudligi esa dasturdagi chiqishlarning turli tuman bo’lishga zamin hozirlaydi.
Dastur mehmonlari so’z ustasi Zokir Ochildiyev hamda Olim Aka bo’ladi. 
Zarafshon konsert zali siz o’ylaganchalik katta emas, shu bois ajoyib, orginal kulgu kechasidan quruq qolmay desangiz shoshiling!
Vaqt ketdi…

Просмотров: 440 | Добавил: admin | Дата: 25.10.2016

“Nihol” davlat mukofoti sohibasi, xonanda Yulduz Nizomova “Gulim” deb nomlangan raqsbop taronaga klip suratga oldirdi. 
Qo’shiq so’zi O’tkir Nurullayevga, musiqasi Abzal Husanovga tegishli bo'lgan mazkur video ketma-ketlik trek yo’nalishda suratga olingan.
Ushbu klip  klipmeykr Nozim Tolipov  tomonidan bir kun mobaynida tasvirga olingan bo’lib, ayni kunlarda tele ekranlarda namoyish qilinmoqda. 
Xonandaning matbuot kotibi bergan ma’lumotlarga qaraganda  Yulduz Nizomova  bugungi kunda tarbiyaviy ahamiyatga ega qo’shiqlar bilan band. Xususan yaqin kunlarda “Otajon” deb nomlangan yangi ijodiy asarni yozib tugatgan. 
Yulduz Nizomovaning “Gulim” taronasini eshitdingizmi? Agar eshitgan bo’lsangiz yaxshi, eshitmagan bo’lsangiz, qo’shiq va klipni eshitib, tomosha qilishni jiddiy maslahat beramiz!
Bundan keyin xonanda Yulduz Nizomovada ijodiy va ijobiy yangiliklar juda ham ko’p bo’ladi.

Просмотров: 1099 | Добавил: admin | Дата: 24.10.2016

Ko’pincha kino ijodkorlar yoz oylarida filmlarini premyera qilishga qo’rqishadi. Ammo “Aldagani quda yaxshi” filmi ijodkorlari mazkur filmni premyera qilgani qo’rqishmayapti. Filmning qisqa video lavhasining o’ziyoq, mazkur filmni super komediya ekanligidan dalolat beradi. Bizningcha film ijodkorlari o’zlariga va ijodiy asarlarining badiiyatiga nihoyatda ishonishadi. Filmda Muhammad Iso Abduxayirov, Zuhra Soliyeva, Sevara Soliyeva, Asqar Hikmatov, Umid Shodmonov, Gulchehra Nosirova singari bugungi kundagi eng talabgir aktyor, aktirisalar o’ynashgan. Qiziq savol tug’iladi, rostdan ham “Aldagani quda yaxshi”mi? Mazkur savolga filmni tomosha qilib, birgalikda  javob topamiz. 
Eslatib o’tamiz “Aldagani quda yaxshi” super kinokomediyasining premyerasi 1-avgust kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo’lib o’tadi. Filmni 2-avgustdan boshlab poytaxtimizning barcha kino teatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Просмотров: 3104 | Добавил: admin | Дата: 30.07.2016

Ozodbek Nazarbekovning necha yillardan buyon konsert dasturi kunlari uzaysa uzaymoqdaki, kamaymayapti. Buning sirini nimada, biz bu sirni sizlarga ochamiz. Buning siri Nazarbekov uchun juda ham oddiy, boshqa xonandalar uchun juda murakkab. Bu uchun Nazarbekovdek tinimsiz mehnat, harakat qilish kerak. Ushbu yil ham Nazarbekov juda ko’p xit taronalarni kuyladi. Alohida e’tiborga molik deb bilgan qo’shiqlarimiz “Allo, Ona”, “Ayt, yurak”, “Sevdim”, “Qoshingiz qarosimi” nomli taronalarni sizga ham ulashgimiz keldi. Mazkur qo’shiqlarni birinchi bo’lib bizning saytimizdan yuklab oling va tinglang!!!

 

Ozodbek Nazarbekov - Allo, Ona [Mp3] (Ko'chirib olish)

Ozodbek Nazarbekov - Ayt, Yurak [Mp3] (Ko'chirib olish)

Ozodbek Nazarbekov - Sevdim [Mp3] (Ko'chirib olish)

Ozodbek Nazarbekov - Qoshingiz qarosimi [Mp3] (Ko'chirib olish)

maqola muallifi: Feruz Muhammad

Просмотров: 1370 | Добавил: admin | Дата: 29.05.2016

Xonanda Shahzoda va “Ummon” guruhi yangi duet taronaga qo’l urdi. Mazkur “Yonaman” deb nomlangan duet tarona ilk bor Shahzodaning yetti kunlik, qimmat konsertida muxlislar e’tiboriga havola qilingan edi. Bizningcha mazkur qo’shiq “Ummon” guruhining konsert dasturida ham kuylanadi. Qo’shiq muvaffaqiyatidan ruhlanib, kun kelib video ketma-ketlik ishlanishi ham hech gap emas. Ungacha qo’shiqqa haqqoniy bahoni siz berasiz. Mahramat qo’shiqni tinglab, baho bering!!!

 

Shahzoda ft Ummon guruhi - Yonaman [Mp3] (Ko'chirib olish)

maqola muallifi: Feruz Muhammad

 
Просмотров: 946 | Добавил: admin | Дата: 29.05.2016

Botir Yaminovdan tez kunda yangi klip hamda qo'shiq premyerasi bo'lib o'tadi. Qo'shiq musiqasi va qo'shiq matni Shohjahon Ergashevga tegshli bo'lib, shuning bilan birga musiqa oranjirovkasi Sunnat Ahmedov tomonidan bastalandi. Qo'shiq nomiga keladigan bo'lsak ''O'ynamadi'' deb nomlandi. Narimon Sultonxo'jayev esa ushbu qo'shiqga komedik ravishda klip suratga oldi, klipni qiziqarli tarafi shundan iboratki klipga Otabek Mutalxo'jayev, Doston Ubaydullayev Mirjamol hamda Benom guruhining qanday aloqasi bor buni tez kunda bilib olamiz. Xonanda ma'murining xabar berishicha iyun oyining boshida qo'shiq va klip premyerasi bo'lib o'tadi. Kutamiz va kuzatamiz ...!

Просмотров: 751 | Добавил: admin | Дата: 25.05.2016

O'z ijodi ustida ish olib borishni kanda qilmaydigan xonanda Boxodir Ubayev yana saytimiz mehmoni, bir necha kun avval o'zing "Unutmoq Seni" nomli ijod maxsulini omma e'tiboriga taqdim etgan xonanda bu gal "Malikam" deya xonish qilmoqda, qani kuzataylikchi "Malikam"ni muxlislar qay darajada kutib olishar ekan ... 

Boxodir Ubayev - Malikam [Mp3] (Ko'chirib olish)

 
Просмотров: 4897 | Добавил: admin | Дата: 25.05.2016

“Bale-bale” deb nomlangan o’ynoqi ohanglar va o’ynoqi video ketma-ketlikka burkangan ijod mahsulidan so’ng, Asilbek Amanulloh “Jonim beraman jonim” deb nomlangan qo’shiq taraddudida. Esingizda bo’lsa “Bale-bale” taronasida xonanda sevgan yorining ortidan butun shaharni kezib chiqardi. Mazkur tarona ya’ni “Jonim beraman jonim”da xonandadan yana qanday ijodiy yangilikni kutar ekanmiz. Nima bo’lgan taqdirda ham xonandadan yuqori ijod na’munasini kutib qolamiz.

 

Asilbek Amanulloh - Jonim beraman Jonim [MP3] (Ko'chirib olish)

maqola muallifi: Feruz Muhammad

Просмотров: 745 | Добавил: admin | Дата: 21.05.2016

1 2 3 ... 42 43 »